O‘ZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Ключевые слова:
maqom, shashmaqom, maqom tarixi, bastarorlar, maqom turlari, o‘n ikki maqom.Аннотация
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin egallaydi. Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatda e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir .Ayni vaqtda milliy o‘zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti.
Библиографические ссылки
https://uz.wikipedia.org/wiki/Maqom
Джураев И. МИГРАЦИОННИЙ ПРОЦЕС ЦЕНТРАЛЬНО АЗИАТСКИХ СКОТОВОДЧЕСКИХ ПЛЕМЕН НА ЮГ //ТРАДИЦІЙНІ ТА ІННОВАЦІЙНІ ПІДХОДИ ДО НАУКОВИХ ДОСЛІДЖЕНЬ. – 2021. – С. 225.