XIX ASR IKKINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGIDAGI SIYOSIY JARAYONLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Авторы

  • Yakobjanov J.J Nizomiy nomidagi TDPU

Аннотация

XIX asr 50-yillari xonlikdagi ichki siyosiy bo‘hronlar eng kuchaygan jarayonlar bilan boshlandi. Birinchidan, Sayyid Muhammad Xudoyorxon 1844 yildan buyon taxtga egalik qilib kelayotgan bo‘lishiga qaramay, hukmdorlik jilovini to‘lalagicha o‘z qo‘liga ololmagan edi. Dastlabki yillarda Musulmonqul mingboshi va qipchoq amaldorlarining saroydagi kuchli ta’siri bunga yo‘l bermagan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘zaro taxt talashishlar bu imkoniyatlarni yo‘qqa chiqargan edi. Bu holni uning hukmronlik yillarida xonlikning turli hududlarida ro‘y bergan qo‘zg‘olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi[1]. Shuningdek, XIX  asrning 50-yillariga kelib, Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlariga qarshi kurashga ham yetarli e’tibor berilmaganligi va siyosiy ojizlik bosqinchilikning kengayib ketishi va jiddiy tus olishiga, pirovard natijada esa xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi.

 

[1] Илхомов З. Аликули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиёсий тарихида тутган урни. Тарих фан ном. ....дисс. Т.2004 йил. 17-б.

Загрузки

Опубликован

2024-06-13