“BOBURNOMA” – TABIATNI TASVIRLASHDA ILK MANBA SIFATIDA

Авторы

  • Majidov Umedjon Abduraxmonovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti majidovumedjon1985@gmail.com

Ключевые слова:

tabiat, badiiy-falsafiy fikrlar va qarashlar, insonparvarlik mohiyati, ilm madaniyati, tabiat go‘zalligi, estetika, ekologiya, arxeologiya, etnografiya, san’at va inson.

Аннотация

Mazkur maqola Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari “Boburnoma” merosi to‘g‘risidadir. Asarda Bobur o‘zining kelib chiqishi, harbiy yurishlari, Hindistonda tashkil etgan buyuk saltanati haqida batafsil ma’lumot beradi. “Boburnoma”da shaxs va joy nomlari ko‘p bo‘lsa-da, ular qiziqarli va o‘qishga qulay hisoblanadi. Bobur buyuk davlat arbobi bo‘la turib, tabiatshunos va sayyoh olim sifatida ham hodisa-jarayonlarni shunchalik sinchkovlik bilan kuzatgan va yoritganki, ularning ko‘pchiligi bugungi kundagi ilmu fan xulosalariga to‘liq ravishda to‘g‘ri keladi. Asarda Bobur kezib chiqqan daryo, tog‘, cho‘l, bo‘ston, qishloq, shahar, dalayu dashtlarning tabiati, ko‘rinishi, foyda va ziyoni to‘g‘risida batafsil va yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning mazkur bebaho merosi tariximizni kelajak sari olg‘a yetaklovchi noyob haqiqatdir. Shuning uchun ham, sharqshunoslar tomonidan bu buyuk mutafakkir ijodi haligacha qayta-qayta chuqur o‘rganilib kelinmoqda. 1980-yilda YUNESKO fransuz tiliga yangi tarjima uchun tanlov e’lon qilgani buning yaqqol  isbotidir.

Библиографические ссылки

Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг адабий-эстетик олами. Тошкент. Маънавият. 2018, 25 бет.

Зоҳидий А. Бобур фалсафий дунёқараши (асосий аспектлари ва Марказий Осиё, Шимолий Ҳиндистон ижтимоий-фалсафий фикри тараққиётига кўрсатган таъсири). Тошкент. Adabiyot uchqunlari. 2016, 295 бет.

Бобурнома. –Тошкент; Фан нашриёти, 1960. –Б.28.

Бобурнома. –Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 2009. –Б.169.

Расулова О. “Бобурнома” ва табиат// “Жаҳон адабиёти” журнали, 2005 йил, 2-сон. –Б.101.

Samadov A.R., Abdullayev S. Syncretic features of person’s moral-aesthetic ideal: diachronic and synchronic approach //Theoretical & Applied Science. – 2018. – №. 11. – С. 157-160.

Самадов А.Р. Задача единства эстетических потребностей и факторов в развитии эстетического сознания личности //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ. – 2017. – С. 165-168.

Загрузки

Опубликован

2024-05-13