MARKAZIY OSIYO MINTAQASI: XAVFSIZLIKKA TAHDID MANBALARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH CHORALARI.
Ключевые слова:
mintaqaviy xavfsizlik, ijtimoiy muvozanat, millatlararo ziddiyatlar, giyohvand moddalar savdosi, diniy ekstremizm, chegara muammosi, suv muammosi.Аннотация
Markaziy Osiyoda osoyishtalik hamda barqaror taraqqiyotga eʼrishish yo‘lida mintaqa davlatlari tomonidan faol tashqi siyosat olib borilmoqda. Markaziy Osiyoni tinchlik hamda yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ham ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Mazkur maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, bugungi global tahdid manbalari ko‘payib borayotgan davrda, Markaziy Osiyo hududiy xavfsizligini ta’minlash mintaqa davlatlarining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biriga aylandi. Davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport va tranzit-logistika, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, davlat chegaralariga doir masalalarni yakuniga etkazish, suv resurslaridan adolatli foydalanish, xalqlar o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash kabi yo‘nalishlar rivojlantirilmoqda. Bular orasida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘lik yo‘nalishlar va hamkorlikdagi tashabbuslarni atroflicha tahlil qilish maqolaning asosiy vazifasi etib belgilangan. Mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik, ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish yaqin va o‘rta muddatli strategiyada tashqi siyosatimizning ustuvor vazifasi sifatida qayd etilganligi ham ushbu yunalishda amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘lamining kengayishiga va samaradorligining ortishiga turtki bo‘ldi. Maqolada shuningdek, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati ortib borayotgani, uzining katta miqdordagi mineral va xom-ashyo resurslari tufayli xalqaro maydonda jiddiy e’tibor ob’ektiga aylanib borayotgani hamda mintaqada dunyoning yirik davlatlari strategik manfaatlari to‘qnashuvi sodir bo‘layotgani bilan bog‘liq xulosalar berilgan. Ushbu maqolani yozishda qiyosiy taqqoslash, nazariy va umummantiqiy metodlardan foydalanildi.
Библиографические ссылки
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. 2019. https://strategy.uz/files/news/45467/uzb.pdf
Markaziy Osiyoda mushtarak jihatlar, tahdidlar va yangi imkoniyatlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti. 16.02.2019. http: //uza. uz/oz/society/markaziy-osiyeda-mushtarak-zhi-atlar-ta-didlar-va-yangi-imko-15-02-2019
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi. 16 Mart, 2018. https://www.uzavtoyul.uz/cy/
Mirziyoev Sh. M. [Action Strategy of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021] Strategiya deystviy Respubliki Uzbekistan na 2017-2021 godi. Tashkent, 2017. // Narodnoeslovo. 7 iyun 2017 g.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o'ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. 17 avgust 2020 y. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi.10.11.2017 y.