DORIVOR DIANTHUSNING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Authors

  • Jumayeva Marvaridbonu Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Keywords:

bir yillik va koʻp yillik oʻt va yarim butachalar turkumi, angren, ugom, toʻrttangachali.

Abstract

Odamlar qadim zamonlardan buyon tabiat neʼmatlaridan keng foydalana boshlaganlar. Ayniqsa, dorivor oʻtlarni turli kasalliklarga qo‘llab  shifo topishda qo‘llaganlar.Bundan 3-4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimiy Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib davolash oʻzining qad.

Anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning “Al-qonun” asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda esa dorivor oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. O‘zining bir necha shifobaxshlik xususiyatlari  va samarasi bilan boshqa o‘simliklardan kimyoviy  tarkibi bilan keskin farq qiluvchi dorivor Dianthus o‘simligi ham yurtimizda qisqa arealni egallaydi. Surxondaryo viloyatining tog‘li  mintaqasida ya’ni Boysun tog‘idagi uchrovchi Dianthus Uzbecistanicus dorivor o‘simligi Chinnigullar yo‘g‘on ichakdagi yallig‘lanish (kolit), ichak kolikasi, meteorizm (karminativ ta'sir), rektum, jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

References

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni Toshkent. 2017.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi PF- 5229-son “Farmasevtika tarmog‘ini boshqarish TIZIMINI tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Toshkent. 2017.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Toshkent. 2020.

Proskoryakov Ye.I. Temperaturnыye usloviya prorastaniya semyan vesennыx mnogoletnikov, L,1958. S. 40.

Yuliya Savelyeva. Lecheniye chistotelom//M.:T8 Izdatelskiye texnologii RUGRAM, 2020.-64 s.

Nurmatov Sh, Mirzajonov Q. Avliyokulov A. Bezborodov G. Ahmedov J, Teshayev Sh, Niyozaliyev B, Xoliqov B, Xasanov F, Mallaboyev N. Tillabekov B, Ibragimov N. Abdullayev Sh.Shamsiyev A, “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” O‘zPITI.- Toshkent, 2007.-146 6.]

Dospexov B. A. Metodika polevogo opыta 1985.

Begmatova M., O‘ralova S. Subject: some biological characteristics of cherry (huperisum perforatum l) planted in different crop schemes //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. – 2023. – T. 2. – №. 6. – S. 51-58.

Khamrayeva M., Begmatova M. Healing properties and biometrical indicators of chelidonium majus l., introduced in uzbekistan //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – T. 2. – №. 2. – S. 495-498.

Downloads

Published

2024-02-10