PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI.
Аннотация
Jazoni ijro etish muassasidan bo’shatilgan shaxslarni ijobiy hayot yo’liga qaytarish shunday murakkab masalaki, profilaktika xizmatlari mazkur shaxslarning ijtimoiy hayotga qayta moslashishi bilan bog’liq munosabatlarda kata ro’l o’ynaydilar. Binobarin, birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, jazo o’tash joylaridan qaytib kelgan shaxslarni ish va turarjoy bilan ta’minlash, ularni hayotga qayta ko’niktirish ishlari yetarli tashkil qilinmaganligi, jazo muddatini o’tab qaytgan shaxslar tomonidan jinoyat qilish holatlarining oshishiga olib keladi. Shu bois ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi profilaktika xizmatlari ma’muriy nazoratda turuvchi shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarini yanada kuchaytirishlari lozim.