YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUXIDA TARBIYALASHDA URUSH VA MEHNAT FAXRIYLARI BILAN TEMATIK KECHALAR VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Аннотация
Vatan himoyasini targ‘ibot qilish va tashkil etishda davlatimiz talablari, Vatan uchun xizmat qilishni o‘z burchi deb biladigan qahramonlarning nomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibiga murojaat, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik va shu kabi o‘zining samimiy dil izhorlarini aytib davrani ochiq deb e’lon qiladi. Masalan: "Qadimdan har bir erkak bizning davlatimizda yosh yoki keksaligidan qat’iy nazar Vatan, uning mudofaasi uchun o‘z kuch quvvatini ayamagan. Hozirgi kunlargacha davlatimizda ana shu qutlug‘ an’ana keng nishonlanib, davom etib kelmoqda. Hozirda uning mazmuni yangi ma’no kasb etib, ma’naviy boyitilgan holda yoshlarimiz tomonidan davom ettirilmoqda". Boshlovchi fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonilishida o‘zbek xalqining juda katta, ulkan hissasi borligini aytib o‘tadi va ba’zi bir raqamlarni ko‘rsatib o‘tadi. Masalan, Ikkinchi Jahon urushi frontlarida o‘z xalqini, yurtini himoya qilish uchun ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratlari uchun 170 mingdan ortiq O‘zbekistonliklar orden va medallar bilan mukofotlanganlar, 53 kishi shuhrat ordenining tulik sovrindori, 338 o‘zbekistonlik sobiq Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga (ulardan 69 tasi o‘zbek) sazovor bulgan. O‘z tanasi bilan dushman o‘qini to‘sib, o‘z bo‘linmasidagilarni olg‘a harakat qilishga yo‘l ochgan T.Rustamov va D.Qoraqulovlar A.Matrosov qahramonligini takrorladilar.