TARIX DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH-O’QUVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI MUHIM OMILDIR
Аннотация
Ta’lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oshirish,shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z soxasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan,ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o’qituvchilarini ilg’or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o’quv tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.