IS’HOQXON IBRATNING MA’RIFIY FAOLIYATI VA ILMIY-ADABIY MEROSI
Аннотация
Is’hoqxon To‘ra Ibrat faoliyat doirasi keng, milliy uyg‘onish davrining mashhur pedagoglaridan biridir. Ibratning asli ismi Is’hoqxon, otasining ismi Junaydullaxo‘jadir. Ibrat uning adabiy taxallusidir. Is’hoqxonning o‘ziga «Ibrat» taxallusini olish boisi shundaki, u faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab ma’rifatparvar shoir, pedagog olim sifatida zamondoshlarini zamon ilmidan, ilg‘or madaniyatdan, yangicha ta’lim-tarbiya tizimidan ibrat olishga da’vat etdi. Shuning uchun ham u o‘ziga Ibrat taxallusini tanladi.