TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHI YOSHLARNING KASB TANLASH PSIXOLOGIYASI.

Authors

  • Qurbonova Zulfiya Hakimovna Shahrisabz tumani 6- maktab psixologi

Abstract

Tajribalardan ma’lumki ko’p hollarda maktab o’quvchilari kasb tanlashda amaliy yondoshishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda u yoki bu kasbni yoqtirganlari to’g’risida ham fikr bildiradilar. Lekin “tanlangan kasb kishida ma’naviy qoniqish hissini uyg’otadimi yoki yo’qmi jamiyat uchun qay darajada naf keltirishi o’quvchilar tomonidan anglanadimi?” degan savolga javob berilgan taqdirdagina ijobiy natija berishi mumkin. Ammo shuni alohida ta’kidlab o’tish  kerakki, kasbni tasodifan tanlash, ba’zan o’quvchilarda og’ir ichki kechinmalar, umidsizliklar, ikkilanishlar va ruhiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday har xil munosabatlar yuz berishining asosiy sabablaridan biri, maktab o’quvchilarining kasb tanlash jarayonida turli motivlarning namoyon bo’lishidir

Downloads

Published

2023-06-18

Issue

Section

Articles