TARIXSHUNOSLIK TARIX FANINING MAXSUS SOHASI VA O’QUV FANI SIFATIDA.
Keywords:
Istoriografiya, epos, Alpomish, Gurugli, Gerodot, umumjaxon tarixi, pragmatik tarix, Fukidid,Polibiy, ibn Xaldun, zardushtiylik, «Avesto».Abstract
Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma’lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan ham shug’ullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat.