ABUL ABBOS MAROKISHIYNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI
Abstract
Abul Abbos Marokishiyning tug‘ilgan sanasiga doir manbalarda uning hijriy 639, 646, 647 va 649-yillarda ekani haqida turli sanalar berilsa-da,[1] bu sanalar ichida aniqrog‘i 654-yilning 9-zulhijja oyida (1256-yil 28-dekabr) Mariniylar davlati hukmron bo‘lgan yillarda Mag‘rib diyorining Marokash shahrida dunyoga kelgan. Uning oilasi aslida Andalusiyaning G‘irnota, hozirgi Ispaniyaning Granada shahridan ekani naql qilingan.[2] Olimning asl ismi sharifi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Usmon Al-Abul Abbos Marokishiy Al-Adadiy Al-Azdiy bo‘lib, uning eng mashhur ismi Abul Abbos Marokishiydir. Uning otasi quruvchi usta bo‘lgani sababli, u ibn Banno, o‘zining matematika ilmidagi shon-shuhrati sababli Al-Adadiy va tug‘ilgan joyiga nisbatan esa Marokishiy[3] deb atalgan.[4]
[1] Ahmad Bobo Tinbuktiy, Naylul-ibtihaaj bi-tatrizid-diybaaj, 2-nashr, Tripoli, Dorul Kaatib nashriyoti, 2000-yil, 87-88-betlar. Ibnul Qoziy, Durratul-hajjaal fiy asmaair-rijaal, 16-bet.
[2] Abul Abbos Marokishiy, Unvanud-dalil, 6-bet. Abdulloh Kannun, An-Nubug‘ul-mag‘ribiyya fiy adabil-arabiyya, 2-nashr, 1-jild, 213-bet. Tinbuktiy, Naylul-ibtihaaj, 88-bet.
[3] Bu kalima ham Marokashiy ham Abul Abbos Marokishiy tarzida adabiyotlarda kelgan.
[4] Ahmad ibnul-Qoziy Al-Miknasiy, Jazvatul-iqtibaas fiy zikri man halla minal-a’lam bil-madinati Fa’s, Riyoz, Dorul-Mansur nashriyoti, 1973-bet, 148-bet. Abul Abbos Marokishiy, Unvanud-dalil, 6-bet. Tinbuktiy, Naylul-ibtihaaj, 88-bet.