SOYA NAVLARINING AYRIM FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA BAKTERIAL O‘G‘ITLARNING TASIRI

Authors

  • Kuvondikov O. M Samarqand Davlavlat Universiteti
  • Quldashov B.X Samarqand Viloyat Veteraniya Meditsiniyasi, Chorvachilik va Biotexnologiyalari Universiteti

Abstract

Dunyo mamlakatlarida soya ekini muhimligi jihatidan bug‘doy, sholi va makkajo‘xoridan keyingi o‘rinlarda bo‘lib, hozirda kunda 123 mln. gektardan ortiq maydonga ekilgan. Keyingi 5 yilda soya moyi ishlab chiqarish hajmi 63 % ga oshgan. Talabdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmi va ekin maydoni oshib borishi kuzatilmoqda.

Dunyoda olib borgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki soya ekilgan 1 gektar maydonda inokulyantlar (tuganak bakteriya o‘g‘itlari) qo‘llanilganda mavsum davomida 150-250 kg atmosfera azoti tuganak bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunday miqdordagi azot 510-850 kg ammiakli selitra miqdoriga teng keladi. Tuganak bakteriyalar tomonidan to‘plangan azot biologik azot hisoblanadi va u atrof muhitni ifloslantirmaydi, olingan mahsulotlarda nitratlar to‘planmaydi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni ko‘payishini, patogen mikroflorani kamayishini ta’minlaydi, azotli o‘g‘itlar uchun sarflanadigan xarajatlar tejaladi, resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari kengayadi. Shu jihatdan ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimiga soyani inokulyantlarni qo‘llab ekishni keng tatbiq qilish, ekologik toza mahsulot yetishtirish, soha rentabelligini oshirish imkonini beradigan resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

References

Balakay G.T., Shedrin V.N., Seleskiy S.A. Soya Texnologiya vozdelыvaniya v Rostovskoy oblasti (rekomendasii). Rostov na Donu 000 “Gelikon”, 2005 - 32 s.

Ibragimova V.I. Ekonomicheskaya effektivnost’ vыraщivaniya soi v sovremennыx usloviyax. Malodoy uchast’nыy. 2017. -№ 1.–S.176-178.

Smirnova L.A. Semenovodstvo soi. Texnologii vыsokobelkovoy soi. Krasnodar: OOO “Inform Layn”, 2005.- S. 69-73.

Tojiyev U., Namozov X., Nafetdinov Sh., UmarovK. O’zbekiston tuproqlari. -Toshkent. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. -2004. – 226 b.

Xamurzayev S., Delayev U. Produktivnost soi v zavisimosti ot sposobov poseva. // Kombikorma - Chechnya, 2008, № 6, -S. 92.

Downloads

Published

2023-06-03