VIRUSLI GEPATIT C KASALLIGI

Авторы

  • G’ulomova Jasmina Davlat qizi
  • Umbarova Sabina To’lqin qizi
  • Toshboyev Turdimurod Habibullo o’g’li

Ключевые слова:

toksin, antroponoz, allergik, autoimmun, latent, infektsiya, Gepatit C, donor, interferon-λ, gepatosellulyar saraton, polimeraza, genotip.

Аннотация

Gepatit C — antroponoz virusli kasallik, HCV sababli jigarning yallig’lanishidir. Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, alkogolli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, mazkur patologiya esa virus tomonidan chaqiriladi. Kasallikning boshqa nomlanishi «mehribon qotil» bo’lib, bu nom unga o’zining asl sababini boshqa ko’plab kasalliklar ko’rinishida yashirishi mumkinligi sababli berilgan. Kasallikning ikki kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan 50 — 80% bemorlarda kasallik keyinchalik surunkali shaklga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va infektsiya tashuvchisiga aylanadi. Bugungi kunda virusning 8 genotipi va yuzdan ortiq kichik guruhlari aniqlangan. Bu genotiplar o’rtasidagi farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati).

Библиографические ссылки

Абидова 3. М.. А зимова Ф. В. “Определение видового состава возбу­дителей орофарингеального кандидоза у больных ВИЧ-инфекцией". Жур­нал «Дерматовенерология и эстетическая медицина». 2 0 1 1.Л'°1-2,с.93-94.

Азизов Б. С.. И смаилова Г. А. «В идовой спектр возбудителей при гнойничковых поражениях кожи у больных с ВИ Ч -позитивным и ВИЧ-не-гативны м статусом». «Н овости дерматовенерология и репродуктивного здоровья». 2010.М’ I -2.с.6-9.

A xm edov К. R. «SPID» nima? - T.:«Meditsina». 1990. 4. Arifov S., Eshboyev E. «Teri va tanosil kasalliklari». - Т . : 2010.

Атабеков H.C. и др. «В озрастные особенности В И Ч -инф екции в Уз­ бекистане». В кн. «Материалы Республиканской научно-практической конференции «Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ/СПИ-Да».201 I.e.367-368.

Атабеков Н.С. и др. «Болаларда О И В -инф екциясининг профилак-тикаси». В кн. «М атериалы Республиканской научно-практической кон­ференции «Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ/СПЙ-Да». 201 I.e. 365-367.

Загрузки

Опубликован

2024-02-17