ROMAN POETIK STRUKTURASIDA MIFNING O'RNI.(XURSHID DO'STMUHAMMADNING" DONISHMAND SZIF" SHOYIM BO'TAYEVNING "SHOH" ROMANLARI MISOLIDA

Authors

  • O'tamurodova Malohat Shuhrat qizi Qoraqalpoq davlat universiteti Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti magistranti

Keywords:

evrilish, ramz,majoz, badiiy tafakkur, psixologik tasvir, ramziy romanlar, ramziy-majoziy obrazlar, absurd nazariyasi, qahramon xarakteri, syujet izchilligi, kompozitsion mukammallik.

Abstract

XX asrda inson juda ko'p voqealarni, evrilishlami boshidan o'tkazdi, ozmas-ko'pmas naq uchta ijtimoiy tuzumni ko'rdi va bularning bari adabiyotimizda qaysidir ma'noda aks etdi. Ispan faylasufi va esteti Ortega Gasset ta'biri bilan aytganda "ko'z qorachig'ini ichkariga qaratdi" va o'z ko'ngil dunyosining kashfiga berildi. XX asrning oxiri, XXI asrning boshlarida adabiyot olamida jiddiy o'zgarishlar bo'y ko'rsata boshladi. Bu evrilishlarni o'ziga xos tarzda badiiy jihatdan yangilashga urinayotgan adiblarning ijodi bunga yorqin misol bo'la oladi. Jumladan, Xurshid Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif" asari mazmun va shakl jihatdan adabiyotimizda yangilik bo'ldi. Unda inson ruhiyatining, botiniy olami, kayfiyati turli xil rakurslarda qalamga olinadi. Ayniqsa, shaxs ruhiyatini tasvirlash X.Do'stmuhammad shaxsiyatiga, uslubiga xosdir. Yozuvchi masalani birdaniga olib chiqmaydi, har bir g'oyani mustaqil ravishda boshqarib turadi. Jumladan, "Donishmand Sizif' asarida bular o'zgacha tarzda ifodalangan. X.Do'stmuhammad -talqin va tahlillari, ayniqsa, shaxs ruhiyati ba'zan ramzlarda, ba'zan real tasvirlanadi.

References

. Jo'raqulov U. Hududsiz jilva. -T.: Yangi asr avlodi, 2006.

Jo'raqulov U. Mif va ijodiy jarayon. -T: 2005.

Nazar Eshonqul. "Mendan "Men"gacha". - Toshkent.: Akademnashr, 2014.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug'ati. - Toshkent.:Akademnashr, 2010.

Ulug'bek Hamdamov. Ruhni uyg'otguvchi so'z. -Toshkent.: Muharrir, 2017.

Xotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - Toshkent: 2004-yil.

Yo'ldoshali Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko'zlari. -Toshkent: 2009-yil.

X.Do'smuhammad. Donishmand Sizif. - Toshkent.: O'zbekiston, 2016.

AD

Downloads

Published

2023-02-14

Issue

Section

Articles