O‘ZBEKISTON AHOLISI ORASIDA SIL KASALLIGINING TARQALGANLIGI, KASALLANISHI, EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Fazildinova Yoqutoy 2-Farg‘ona tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Keywords:

sil, mikobakteriya, epidemiologiya, epidemiologik ko‘rsatkichlar, profilaktika.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston  aholisi  orasida  sil  kasalligining  tarqalganligi,  kasallanishi,  epidemiologik  xususiyatlari  va  oldini  olish  profi  laktik  chora-tadbirlari  yoritilgan. Hozirda  sil  kasalligining  tobora  ko‘payib  tarqalishi  sog‘liqni  saqlash  tizimida  jiddiy  muammo bo‘lib qolmoqda.  JSST ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzi aholisining uchdan bir qismi sil mikobakteriyasi bilan zararlangan, shulardan har yili 8-10 mln. bemor kasallanadi va 2,5-3 mln. odam kasallikdan o‘ladi. Sil  bilan  kasallanish  va  o‘limning  ko‘payishida  boshqa  qashshoq  davlatlardan  kelayotgan  aholi  va  OIV-infektsiyasining  tarqalishi muhim ahamiyatga ega.Rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda OITS bilan kasallanish zamirida silning rivojlanish davri tezlashmoqda. Sil  dunyo  miqyosida  jiddiy  va  dolzarb  tibbiy-ijtimoiy  muammo  sifatida  saqlanib  qolmoqda. O‘zbekistonda  silga  qarshi  bir  qator  chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga va xalqaro, chet el tashkilotlari tomonidan berilayotgan yordamlarga qaramasdan, bu kasallik bo‘yicha epidemiologik vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

References

Aksyutina, L.P. Podxodi k upravleniyu epidemicheskim protsessom v usloviyax patomorfoza tuberkuleznoy infeksii / L.P. Aksyutina, O.A. Pasechnik // Epidemiologiya i vaktsinoprofi laktika. - 2014. -T.75,No

Asadov D.A., Gadoev J.T.. Vliyanie sotsialno-demografi cheskix i klinicheskix faktorov na letalnie isxodi vo vremya lecheniya tuberkuleza. // Meditsinskiy jurnal Uzbekistana. 2017. No6. S. 29-34. 3.

Kenjaeva M.A., YUldashev A.V., Rasulov SH.M.,Kliniko-epidemiologicheskoe osobennosti zabolevaniya tuberkulyozom sredi detskogo naseleniya. // NIIEMIZ Nauchno-prakticheskaya konferensiya “Infeksiya i lekarstvennaya rezistentnost” Tashkent.-2017.-S.105.

Mustanov A.YU., Matnazarova G.S., Majidova M.SH. Mehnat migrantlari orasida sil kasalligining tarqalish sabablari. // Infeksiya, immunitet i farmakologiya.-Toshkent.- 2019. No6 -B. 121-126

Downloads

Published

2023-02-13

Issue

Section

Articles