YANGI O’ZBEKISTON, YANGI ISLOHOTLAR.
Abstract
Jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning yashash sharoitlarni yaxshilashda islohotlar muhim o‘rin tutadi. Har birimiz, ozmi-ko'pmi, islohotlar ishtirokchisimiz. Sababi bizning faolligimiz, o'zgarishga tayyorligimiz va yangi sharoitlarga moslasha olishimiz o'zgarishlar jarayoniga o’z tasirini o’tkazadi. Islohot haqida gaplashishdan avval, ushbu so’z lugʻaviy maʼnosi anglamog'imiz lozim. ijtimoiy hayotning biron-bir tomonini oʻzgartirish, qaytadan tuzish demakdir. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida isolohot deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Xususan, jamiyatda amalda bo’lgan ayrim yo’nalishni samaradorligini oshirish maqsadida islohotlar ishlab chiqiladi. Jamiyat taraqqiyoti uchun har bir inson islohotlarni amalga oshirishda o’z hissasiga ega bo’lmog’i lozim. Ishonchim komilki, islohotlarda ishtirok etish nafaqat ijtimoiy hayotni yaxshilashga hissa qo'shish imkoniyatini beradi, balki shaxsni rivojlantiradi, fuqarolik hissini uyg’otadi va fuqarolik burchlarini bajarishga undaydi.