XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH QUROLI OSTIDA INVESTORLAR, DAVLATLAR VA ARBITRLAR

Authors

  • Narzullayev Muhammad Fayzullo o‘g‘li

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro investitsiya huquqi va atrof muhit, ekologiya muhofazasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq tushunchalar ekanligi, shu sababli, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, invesitsiya bilan bog`liq faoliyatni amalga oshirish jarayonida, albatta, atrof-muhit muhofazasi, kutilayotgan oqibatlar va real xavflarning oldini olish choralarini ko`rish muhim hisoblanishi ko‘rib chiqiladi. Va bu talablar davlatimizning dunyo bozori va xalqaro munosabatlarga yana ham jadal kirishishi fonida o`zining ahamiyatini yana ham oshirayotganligi asoslantiriladi va tadqiq qilinadi. Albatta, ushbu choralarni amalga oshirishda, investitsiya faoliyatini ekologik ehtiyojlarga va zaruratlarga mos ravishda tashkil etishda investor, davlat va xalqaro arbitraj sudlarinining  o`zaro aloqalari muhim hisoblanadi, shu sababli maqola uch xil rakursdan, ya`ni ushbu uchlik: davlat, investor va xalqaro arbitraj tomonidan investitsiya faoliyatining atrof-muhit muhofazasiga ta’sirini tahlil qiladi. Maqola ilmiy tadqiqotlar, tahlillar va hozirgi xalqaro investitsiya tendensiyalarining tabiat va atrof-muhit muhofazasiga ko’rsatayotgan ta’sirlari bilan bog'liq eng so'nggi ma`lumotlarni o'z ichiga oladi. Maqolaning maqsadi, xalqaro investitsiya faoliyatining atrof-muhit muhofazasi va uni amaliyotga tatbiq etishda mavjud muammo va imkoniyatlarni taqqoslash va yechishga qaratilgan yangi usullar va ko'nikmalarini taqdim etishdir. Lekin, davlat va investor o’rtasidagi xalqaro investitsiya shartnomasining faqatgina o’zi xalqaro investorlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash  uchun yetarli emas. Umuman olganda, investitsiya shartnomalarning faqatgina o’zi atrof-muhit muhofazasi bilan bog`liq muammolarni hal qilish uchun yetarli huquqiy instrument hisoblanmaydi.

References

O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. Manba: https://lex.uz/acts/-3523891

“Chet el Arbitraj Qarorlarini Tan olish va Ijro etish” bo’yicha Nyu-York Konvensiyasi (1958)

https://strategy.uz

https://mdpi-res.com/d_attachment/sustainability/sustainability-15-08525/article_deploy/sustainability-15-08525-v2.pdf?version=1684983238

https://www.mdpi.com/2071-1050/15/11/8525

Camille Martini, Balancing Investors' Rights with Environmental Protection in International Investment Arbitration: An Assessment of Recent Trends in Investment Treaty Drafting, 50 INT'L L. 529 (2017)

Downloads

Published

2024-04-16

Issue

Section

Articles