NAMANGAN MADRASALARI TARIXIDAN LAVHALAR

Авторы

  • Usmonova Feruza Kosimjon qizi Namangan yuridik texnikum Umumta'lim fanlar kafedra mudiri

Аннотация

Qo’qon xonligining Namangan viloyati qadimdan madaniyat, ilm-ma’rifat rivojlangan o’lkalardan biri bo’lgan. Bunga qisman Namanganning tog’li xududidagi Chodak qishlog’iga o’qimishli, ilmli, ziyoli xo’jalarni ko’chib kelib joylashib qolganligi ta’sir ko’rsatgan. Ularning Chodakka qachon, qaysi joydan ko’chib kelganligi to’g’risida bizda hozircha aniq ma’lumotlar yo’q. Ana shunday Chodak xo’jalaridan biri Baka Oxund bo’lgan. U o’zining qishlog’idan Madrasa qurdirgan va shu bilan uning nomi tarixga muhrlanib qolgan. Baka Oxund nomidan, unvonidan u o’qimishli, domullo kishi, shu bilan birga o’z nomidan Madrasa qurdirib, unga mulk ehson qilganligini hisobga olsak u tadbirkor, zamonasining katta mulkka, boylikka ega bo’lgan odami bo’lganligidan dalolat beradi. Uni islom diniga e’tiqodi baland bo’lgan. U Qur’oni Karimda Alloh tomonidan berilgan noz-ne’matlarni ehson qilganlarga Alloh katta kata marhamatlar va’da qilganligini yaxshi bilgan. Baka Oxund Chodakda 1202-yili Madrasa qurdirib, unga vaqf mulki ta’sis etgan

Загрузки

Опубликован

2023-03-19