ALISHER NAVOIYNING “TUHFAT UL- AFKOR” QASIDASIDA ORIF OBRAZI TALQINI

Авторы

  • Narzullayeva Yulduz Bahodirovna BuxDU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo`nalishi 2- kurs magistranti

Аннотация

Ma`lumki, mumtoz adabiyot  tasavvuf bilan chambarchas bog`liq holda o`rganiladi.  Chunki, tasavvufga oid ilohiy tushunchalar va obrazlar klassik adabiyotimizga ham bevosita ko`chib o`tgan. Ushbu tasavvufiy obrazlardan bir orif obrazidir. Orif kim? Dastavval, shu so`zning ma`nosiga to`xtalib o`tsak. Orif- Allohni, sifatlarini, fe`llarini va ismlarini kashf va mushohada yo`li bilan taniydigan odam. Orifi billah- Alloh haqida ma`rifat va irfon egasi bo`lgan, komil inson, hikmat va asrorga oshno bo`lgan, fano martabasiga erishgan valiy, ilohiy ma`rifatni egallagan kishi. Ma`rifat esa arabcha “arafa” so`zidan olingan bo`lib, “bilish”, “tanish” degan ma`noni anglatadi. Ya`ni , Allohni tanish ilmidan xabardor odam. Junayd Bag`dodiy orifni idish rangiga moslab rangini o`zgartiradigan suvga qiyos qilgan va bu qiyosi bilan orifning har bir vaziyatga mos tarzda harakat qilib, holatini o`zgartirishini nazarda tutgan. Ushbu obraz mumtoz adabiyotimizda uchraydigan an`anaviy obrazlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Navoiy ijodida ham orif obrazi salmoqli o`rin egallagan. Buni Alisher Navoiyning “Sittayi zaruriya ” qasidalar turkumiga kiruvchi “Tuhfat ul-afkor” qasidasi misolida ko`raylik. Ushbu qasidada Navoiy dastlab , faqrlik maqomi haqida payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hadislariga ham to`xtalib o`tishni joiz ko`radi.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy Mukammal asarlar to`plami . 20-jild . Toshkent “Fan” nashriyoti , 2002.

Sayfiddin Rafiddinov Sittayi zaruriya. Toshkent “Fan” nashriyoti , 2005.

Ali Muhammadiy Xurosoniy . Devoni forsiy. Dushanbe “Donish” 2021.

Sadriddin Ayniy . Alisher Navoiy . 1948. 38-sah.

Abdulhakim Tabibiy. Sayri tasavvuf dar Afg`oniston, Qobul, 1356 h. 81- bet

Загрузки

Опубликован

2023-02-19