"ADABIYOT DARSLARIDA O'QUVCHILAR PSIXOLOGIYASIDA HAYOTGA MUHABBAT TUYG'USINI SHAKLLANTIRISH (ABDULLA QAHHORNING "DAHSHAT" HIKOYASIDA UNSIN OBRAZI, ASQAD MUXTORNING "CHINOR" ROMANIDA BEKTEMIR, "HELLADOS"DA YANGULI)"
Аннотация
Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o'sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini uyg'otishda, milliy tilga, o'z xalqining an'analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va adabiyot» darslarining o'rni beqiyosdir. Shuningdek, hozirgi davrda XXI asr pedagogidan nafaqat nazariy bilim balki shu bor bilimni o'quvchilar ongiga samaraliroq usullar orqali yetkazish, berilgan bilimning oson, puxta va tez o'zlashtirilishiga zamin yaratish, o'quvchilar ongida mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va ravonlikni shakllantirish ham talab etilmoqda.