VATANPARVARLIK MAVZUSIDA NAZARIY KONFERENSIYaLARNI MAQSAD VA VAZIFALARI.
Аннотация
O‘quvchilar bilan konferensiyalar o‘tkazish o‘quv muassasa va o‘quv yurtining o‘quv tarbiyaviy ishlari tajribasi va hayotiga mustahqam kirib bordi. Ular dars-konferensiyalar, ilmiy – amaliy, nazariy, yakuniy va o‘quvchilar konferensiyasi ko‘rinishida olib boriladi. Ularni samarali o‘tkazish avvalam bor harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadi, ularning umumiy o‘quv tarbiya tizimidagi o‘rni, o‘quvchilar yoshi, tarbiyaviy darajasi, madaniyati va hayotiy tajribalarini hisobga ola bilishni belgilab beradi. Konferensiyalar o‘qish davrida bo‘lgani kabi o‘qishdan tashqari faoliyat davrida ham, lekin ko‘pincha ana shu ikki jarayon ulanish paytida ulardan foydalash maqsadga muvofiqdir