MAKTAB O‘QUVCHILARI ORASIDA MIOPIYA VA REFRAKSION BUZILISHLAR UCHRASHI

Авторы

  • Urazbayev Mansur Kunisbekovich ToshPTI "Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi" kafedrasi 2-bosqich magistratura talabasi
  • Islamov Ziyovuddin Sardinovich. Ilmiy rahbar: D.Sc. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti "Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi" kafedrasi.

Ключевые слова:

Tekshirish usullari va materiallar. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 223-sonli Ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabining 5-11 sinflardan 542 nafar o‘quvchining ko‘rish o‘tkirligi 2022 yilning mart oyida Sivtsev-Golovin jadvali yordamida tekshirildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ko‘rish o‘tkirligida pasayish aniqlangan o‘quvchilar esa, avtorefraktometr yordamida tekshirildi.

Аннотация

Erta rivojlangan miopiya o‘quvchining maktabdagi o‘qish, mashg‘ulot hamda darslarni o‘zlashtirish jarayoniga salbiy taʼsir etadi. Shu bilan birga bolaning kelgusida, kasb tanlash, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jamiyatda o‘z o‘rinini topishda turli qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi.

Ilmiy tadqiqot natijalariga koʻra, Sharqiy Osiyo maktab bitiruvchilarining 80-90 foizida turli darajadagi miopiya mavjud. Shundan 10-20 foiz bitiruvchilarda esa, yuqori darajadagi, ko‘rishga jiddiy xavf soluvchi miopiya uchraydi.[1]

Miopiya o‘z vaqtida korreksiya qilinmasa, to‘r parda ko‘chishi, katarakta, glaukoma, ko‘ruv diskidagi o‘zgarishlar va makulopatiya kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.[2]

Загрузки

Опубликован

2022-11-01