XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA QO’QON ADABIY MUHITIDA YARATILGAN MAKTUBLARNING BADIIYATI
Аннотация
XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaratilgan she’riy maktub namunalari g‘oyaviy jihatdan mukammal bo‘lishi bilan birga poetik xususiyatlari jihatidan ham boshqa janr namunalaridan qolishmaydi. Poetika yunoncha so‘z bo‘lib “ijod qilish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Maktubot janri namunalari shunchaki ma’lum bir xabarni adresatga yetkazish uchungina yaratilmagan. Ular badiiy asar sifatida ijod qilingan. Ko‘p asrlik tarixga ega musulmon Sharqi adabiyotida muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste’dodi haqida so‘z borganda uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shundan kelib chiqib maktublarning yozilishidan eng asosiy maqsad xabar yo‘llash bo‘lgan bo‘lsada, ularni poetik jihatdan o‘rganar ekanmiz, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan bir qatorda, she’riy asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Библиографические ссылки
Муқимий. Асарлар. – Т.: Гафур Гулом. 1974.
Фуркат. Танланган асарлар. - Т.: Гафур Гулом. 1975
Хамза. Тула асарлар туплами. 5 том. - Т.: Фан. 1889.
Завқий. Танланган асарлар. – Т.: Ўзбек классиклaри кутубхонаси. 1950.
Shaxnoza, U. (2022). Comparative Study of Cosmonims (Sun, Moon...) In Uzbek and English. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 7, 72-75.