IT SOHASINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA YORITILISHI

Authors

  • Turg‘unova E’zoza Ilg‘or qizi Turg‘unova E’zoza Ilg‘or qizi

Keywords:

IT, jurnalist, axborot texnologiyalari, reportaj, ommaviy axborot vositalari, internet, sayt, fuqarolik jamiyati, Tumaris Tech, USAID, ICT4Girls, IT-Woman.

Abstract

Jurnalistikada axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashuv boshlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Avval ham bunga doir yangiliklar ommaviy axborot vositalarida berib borilgan, faqat uni yangilik va reportaj tayyorlashga mas’ul muhbirlar amalga oshirganlar. Axborot texnologiyalari rivoji ommaviy axborot vositalaridan ham ixtisoslashuvni talab qildi va bugun IT-jurnalistlar media makonda o‘ziga xos o‘rin topdilar. Bunga avvalo axborot texnologiyalari olamidagi voqealarni yorituvchi internet saytlar, teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar paydo bo‘lgani sababchidir. Axborot texnologiyalari mavzusida qalam tebratuvchi jurnalistdan alohida bilim va mahorat talab etiladi. Chunki u nafaqat o‘z kasbi sir-asrorlari, balki IT olamiga doir eng muhim ma’lumotlarni bilishi shart. Shuningdek, IT sohasining ayollar uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan muvaffaqiyatli ayollar haqida ommaviy axborot vositalarida yoritib borib boshqalarga motivatsiya berish ham aynan jurnalistlar zimmasidadir. Qolaversa, bir kunini ham axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qolgan hozirgi zamonda uy bekalarining yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanishlarida ommaviy axborot vostilarining o‘rni beqiyos.

References

Downloads

Published

2023-04-20