XORIJIY OLIY O‘QUV YURTLARIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING FAOLIYATINI BAHOLASHDA JAHON TENDENSIYALARI

Authors

  • G.O. Ubaydullayeva
  • D.I Yarmetova
  • D.Sh. Jo’rayeva Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Tashkent E-mail:, ubaydullayevagulnora@mail.ru, saidovadilafruz1996@mail.ru, dildorajurayeva2021@gmail.com

Abstract

Xorijiy va mahalliy yetakchi oliy o‘quv yurtlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning muvaffaqiyati asosan sifat menejmenti tizimlarini yaratish orqali sifatni oshirishga bog'liq bo‘lib, unda o‘qituvchilar faoliyatining sifatini baholash tizimi kichik bir tizimdir. Universitetlar professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholash va ta’lim tizimidagi hozirgi sharoitda o‘qituvchilar faoliyatini baholash tizimlarini shakllantirish masalalari amaliyotchilar va olimlar uchun shubhasiz azaldan qiziqish kasb etgan.  Chet ellik tadqiqotchilar bu muammolarni 1980-yillarning boshidan Yevropa davlatlari ta’lim sifatidan noroziligining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan paytdan boshlab, faol ravishda hal qilishga kirishdilar. O‘sha davr o‘zining o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, texnik vositalardan foydalanish va hokazolar orqali o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlari bilan tavsiflanadi. Ta’lim sifatini belgilovchi asosiy omillarni aniqlash masalalari bo‘yicha ilmiy muhokamalar natijasida asosiy omil - "inson", ya’ni  ta’lim muassasasining boshqaruv va pedagogik kadrlari deb topildi.  Professor-o‘qituvchilar faoliyatining reyting asosida baholanishi bu- ularning o‘z faoliyatlarini takomillashtirishga undash vositasidir, bu esa iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy va pedagogik hamjamiyatning bu masalaga qiziqishini kuchaytirdi. Universitet o‘qituvchilari faoliyatini reyting  baholashning kontseptual yondashuvlari ishlab chiqilmoqda va kadrlar, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishning meyoriy asoslari takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda Yevropa va Amerika davlatlari ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash borasida muntazam ish olib bormoqdalar. Bu nafaqat oliy ta’lim sohasida sifatni ta’minlash xalqaro tarmog’ining muntazam umumiy konferensiyalari, balki oliy ta’lim uchun rasmiy sifat kafolati tizimini ishlab chiqadigan Yevropa oliy ta’lim markazining (SEPES) faoliyati bilan ham tasdiqlanmoqda. Xususan, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

References

Belyaeva T.A. Управление качеством преподавательского труда как главный фактор обеспечения качества высшего образования // Rostov davlat universitetining iqtisodiy byulleteni. Rostov, 2006. No 4. 2-qism.

Downloads

Published

2023-02-20