KITOB TAFAKKUR VA MAʼNAVIYAT XAZINASI.
Abstract
Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ma'naviyatini yanada yuksaltirish boʻyicha keng islohatlar olib borilmoqda. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bogʻliq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob oʻqish masalasi yoshlar orasida keng targʻib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi. Shuningdek "Besh muhim tashabbus" doirasida ham juda koʻp kitobxonlik tanlovlari tashkil etilib, koʻpgina yigʻit-qizlar ushbu tanlovlarga qamrab olindi.
References
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat, yengilmas kuch” asari.
Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari.
Shavkat Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori.
Davronbek Tojaliyev “Kitob” asari