QALQONSIMON BEZ KASALLIGI - BUQOQ
Abstract
Qalqonsimon bez bilan bog’liq muammolar ayollarda ko’proq uchrashi mumkin bo’lsada, erkaklarda ham bunday xastalik tez-tez qayd qilinadi. Qalqonsimon bez bizning tanamizning eng muhim organlaridan biridir. Kichik hajmi va vazniga qaramasdan (taxminan 20 gramm), bu haqiqatan ham hayotiy energiya ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Qalqonsimon bez tiroksin, triyodotironin ishlab chiqaradi, bularsiz tanada energiyani ishlab chiqaraish amalga oshmaydi. Bu energiya insonning barcha tizimlari va organlarning ishiga qaratilgan. UShbu kasallikning dunyo bo’ylab eng keng tarqalgan shakli endemik buqoq hisoblanadi. Bunga yod tanqisligi sabab bo’ladi. Buqoq (Zob) qalqonsimon bezning kattalashishidir. Bu kasallik ko’pincha yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq, yod preparatlaridan ortiqcha foydalanish fonida yodning oshib ketishi natijasida ham rivojlanishi mumkin. Ayollarda ushbu kasallik erkaklarga qaraganda 5 marta ko’proq uchraydi. Paydo bo’lgan tugunlar qalqonsimon bez to’qimalarida shakllanadigan juda ko’p fibroz chandiqlardan iborat. Qalqonsimon bez inson tanasida modda almashinuvini nazorat qilish markazi hisoblanadi. Uni ko’pincha sog’liq qo’riqchisi deb atashadi, chunki u biron qanday muammo yuz berishi bilan o’zini ham shunday tutadi: bezovtalanish, kayfiyatning yo’qligi, charchoq va uyquchanlik.
References
Бутрова С.А. От эпидемии ожирения к эпидемии сахарного диабета
// Междунар. эндокринол. журнал - 2013. № 2 (50)
Ismoilov S.I. Endokrinologiyadan tanlangan ma'ruzalar. -Toshkent,
-B. 105-183.
Лолтарёв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн.
Пособие. Москва "Высшая школа". 1984. -C. 87-100.
Мак-Мюррей У. Обмен вешеств у человека. Москва "Мир", 1980. -
C. 35-43.
Матохина З.П. Основы физиологии питания, гигиены и санитарии.
Учебник. Москва, 2002. -C. 198-233.