YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA VA MAQOM SAN’ATINING TUTGAN O’RNI.
Abstract
Buyuk istiqlolimiz sharofati bilan maqom san’atimiz rivoj topmoqda. Ulug’ ustozlar Jo’raxon Sultonov, Mahmurjon Uzoqov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattohxon Mamadaliev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov nomlari bilan o’tkazilayotgan respublika va vohalar yosh xonandalari ko’rik tanlovlari, An’anaviy tarzda o’tkazilishi maqom san’atimizning kelajak avlod qo’liga topshirishda ko’prik bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ustozlar anhanasini davom ettirishib, qator san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan holda o’zlariga xos ijro yo’llari va uslublari bilan maqom xazinasiga sezilarli hissa qo’shmoqdalar.