ALOENING BIZ BILGAN VA BILMAGAN XUSUSIYATLARI.
Keywords:
Aloe, immunostimul, konyuktivit, stimulyator.Abstract
Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida xonadonlarda o‘stiriladi. Ushbu o‘simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib, konservasiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi. Aloe — loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, kup yillik oʻtlar (baʼzan daraxtlar) turkumi Aloe turlari gultuvakda ham oʻstiriladi; ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib konservatsiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastritni davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya qilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakti organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash, va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” (Qonun hujjatlari milliy bazasi, 11.04.2020 – y., 07/20/4670/0414 – son ) 1-bet
Dorivor oʻsimliklar atlasi (oʻquv qoʻllanma) M.A.Joʻrayeva Toshkent., Noshir nashriyoti- 2019.
Aloe oʻsimligining dorivorlik xususiyatlarini oʻqitishning ahamiyatim. A. XurramovaL. N. Egamberdiyeva Toshkent. 2021
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Internet.www.google.uz, www.ziyonet.uz