FARG‘ONA VODIYSINING TARIXIY GEOGRAFIYASI MAHMUD IBN VALI TAVSIFIDA
Abstract
Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning muhim siyosiy va geografik hududlaridan biri bo‘lib, nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun Markaziy Osiyoda asrlar davomida sodir bo‘lgan deyarli barcha tarixiy jarayonlarda muhim o‘rin tutish bilan birga ularda sezilarli ta’sirga ham ega bo‘lganligini e’tirof etish mumkin. Farg‘ona vodiysi nafaqat siyosiy va iqtisodiy tarixiy jarayonlar, balki, mintaqa xalqining ma’naviy, madaniy, ilmiy taraqqiyoti jarayonlariga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.