YAPON TILIDAGI “足” -“ OYOQ” SO’ZI QATNASHGAN IBORALARNING O’ZBEK TILIDAGI TAHLILI
Аннотация
Barchamizga ma’lumki, yapon va oʻzbek tillari agglyutinativ tillar hisoblanib, ularning ikkalasi ham Oltoy tillar guruhiga kiradi. Bu esa oʻz navbatida ularning oʻxshashligidan dalolat beradi. Biz buni gap boʻlaklarining gapda joylashgan oʻrni, qoʻshimchalarni qay yoʻsinda qoʻshilishidan va boshqa belgilardan bilishimiz mumkin. Bundan tashqari iboralarda ham oʻzaro oʻxshashlikka duch kelishimiz mumkin. Oʻzbek tili va yapon tili iboralarga juda boy tillar hisoblanadi. Iboralarning koʻpligi nafaqat til boyligini, balki xalqning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi oʻziga xos xususiyatlarini ham koʻrsatib turadi. Aynan shuning uchun ham iboralarda millatning oʻziga xos xususiyatini ochib berishda eng muhim unsur hisoblanadi.