TARBIYA TIZIMIGA PEDAGOGIK YONDASHUV

Авторы

  • Tursunova Gulhayo Ochilovna Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Аннотация

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologiyalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘liq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.

Загрузки

Опубликован

2022-06-05

Выпуск

Раздел

Articles