BOLALIK XAYOLIMNI ULG’AYTIRGAN ASAR.
Аннотация
Inson umrining eng go’zal va yorqin xotiralari bolalik davri bilan bog’liq. Bunday olib qaraganda arzimas deb sanalgan hodisalar ham bolalik davrida eng muhim , e’tiborli bo’lib tuyuladi. Bu davrda tabiatdagi odatiy holatlar ham ajabtovur voqea va hodisalardek serjilo, rangin bo’yoqlarda namoyon bo’ladi. Bolalikda ko’rgan narsalar, eshitgan voqealar, o’qigan asarlar haqidagi tasavvur va xulosalar ham inson bilan birga ulg’ayadi, uni hech qachon tark etmaydi.