ADABIYOT DARSLARINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

Авторы

  • Iskandarova Dilafro’z Xorazm viloyati Urganch shahar 18- son maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Аннотация

Hozirgi kungacha an’anaviy  ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan edi. Bunday usul o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samarodorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy  texnologiyalar qo’llanilgan  darslar o’quvchilar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlarga qaratilgan. Barcha fanlar kabi adabiyot fani darslarida interfaol usullardan foydalanish, darslarini qizqarli va ijobiy tashkil etish o’quvchilarning shu fanga bo’lgan qizqishlarini oshiradi. Adabiyot darslarini qizqarli va ijobiy tashkil etish pedagogning bosh maqsadidir. Pedagog darslarda interfaol metodlardan foydalanishi o`quvchida tashabbuskorlikni, mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o`zlashtirishni, kuzatuvchanlikni, xotira va ijodiy tasavvurni rvojlantiradi. Quyida adabiyot fanida qo’llash mumkin bo’lgan interfaol metodlarni darslarda tatbiq etish tartibi yuzasidan metodik tavsiya beriladi.

Загрузки

Опубликован

2022-12-28

Выпуск

Раздел

Articles