BOSHLANG'ICH TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI FAOL QO'LLASH SAMARASI
Аннотация
Ma’lumki, boshlang’ich talim talim tizimining poydevori hisoblanib, o’quvchilarni o’qitish sifati unga bog’liq bo’ladi va bu boshlang’ich maktab o’qituvchisi zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida talim tizimida boshlang’ich maktab «ko’nikmalar maktabi» bo’lib keldi, yani o’quvchi keyingi talim olish uchun o’qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko’nikmalarni o’zlashtirishi kerak bo’lgan talim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang’ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u talim tizimida bolaning birinchi tajribasi talim olish kuchlarini sinash joyi bo’lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola talim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o’quvchilarning aynan mana shu sifatlari talim jarayoniga AKTni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz.