TARIX FANINI O‘QITISHDA SAMARALI USULLAR
Аннотация
Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, an’anaviy o‘qitish mazmunini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini integratsiyalash, o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Ma`lumotlar ko‘lamining kun sayin o‘sishi, o‘quvchilarga beriladigan bilimlar hajmining ko‘payishiga, sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga psixologik jihatdan og‘irlik qilib, ularning bu fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini susaytirmoqda hamda bilimlarni o‘zlashtirish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun o‘quv fanlarini integratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli hal etish zarurati lozim..