OʻTKIR HOSHIMOVNING “BAHOR QAYTMAYDI” VA CHINGIZ AYTMATOVNING “SARVQOMAT DILBARIM” QISSALARINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
qissa, qiyosiy tahlil, syujet, xarakter, rivoyat, davr, makon, fojia.Abstract
Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini koʻrsatuvchi oʻta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sig‘magan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Mumtoz adabiy durdonalarimizdan ma’lumki, ijodkorlarning oʻzaro ijodiy ta’sirlanishi, sayyor syujet, rivoyatlardan foydalanishi badiiy adabiyotning takomillashuviga olib keladi. Ushbu hodisa XX asr ijodkorlarini ham chetlab oʻtmagan. Bir daryodan suv ichgan ikki xalq yozuvchilari Oʻtkir Hoshimov va Chingiz Aytmatovning ijod mahsullari nafaqat oʻz xalqi orasida, balki butun dunyoda sevib oʻqiladi. Mazkur ishimizda “Bahor qaytmaydi” hamda “Sarvqomat dilbarim” qissalarining ayrim oʻxshash tomonlarini qiyosladik. Syujet, kompozitsiya, xarakterlar, davr va makon oʻxshashligi shular jumlasidandir. Har ikki asar bosh qahramonlari xudbinliklari, oʻylamay ish tutishlari sababli taqdir sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtolmadilar. Sevikli yor, mehribon ota maqomiga erisha olmadilar. Biz maqolamizda buni batafsil yoritishga harakat qildik.
References
Normatov U., Nasrimiz ufqlari. -Toshkent, 1974.
Ulugʻov A., Zamonaviylik va xalqchillik. Qissachiligimiz qirralari, -Toshkent, 1991.
Xolmurodov A., Oʻzbek qissachiligi: taraqqiyot muammolari (XX asr soʻnggi choragi), f.f.d. dissertatsiyasi, -Toshkent, 2008.
Normatov U., Ijod sehri. -Toshkent, “Sharq”, 2007. B. 146.
Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. -Toshkent, “Sharq”, 2007. –B. 200-201.
Солиев А. Ҳаёт ва инсон талқини. – Тошкент:Турон замин зиё. 2015, 110-б.
Chingiz Aytmatov. Tanlangan asarlar:1-jild:Qissalar. -Toshkent, “Sharq”,2009.-496 b. 298-bet.
Oʻtkir Hoshimov “Bahor qaytmaydi”, -Toshkent, “Sharq”, 2007, -128 b.