4 G'ILDIRAKLI TRAKTORLAR DIZAYNINI TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLI YO'NALISHLARI
Keywords:
3K2, klirens, qishloq xo’jaligi, tuprpq bosimi, g’ildiraklar formulasi, shinalar, zichlik effekti, havo bosimi, tuproq bosimini o’lchash.Abstract
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksportchisi hisoblanadi, so‘nggi uch yilda eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan ziyod oshdi. Bu Respublikada bog‘ va uzumzorlar maydoni har yili kengayib borayotganini anglatadi. Ekinzorlar, bog’lar va uzumzorlarda an'anaviy ishlov berish ko‘pincha kerakli natijani bermaydi, chunki bir necha marta ishlov berilgandan keyin o'tish joylarida tuproq nafaqat o’zgaradi, balki siqiladi, uning tuzilishi buziladi. Bunday sharoitda respublikada mahalliy sharoitga moslashgan bog‘dorchilik va uzumchilik uchun ixtisoslashtirilgan traktorning yo‘qligi, bog'larda mexanizatsiya darajasini oshirishga imkon bermaydi. Shuning uchun ekinzorlar, bog’lar va uzumzorlar uchun mahalliy traktorning parametrlarini asoslash va hisoblash uni yaratish muhim vazifadir.
References
T. S. Xudoyberdiyev “Traktorlar va avtomobillar” darslik 2018-yil. 352 bet.
I. S. Solihov “Traktorlar va avtomobillar” darslik 2012-yil 512 bet
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1758-son qarori.
2011-2016 yillarga mo'ljallangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash mashinalari va texnologiyalari tizimi. -B.1. Ekinchilik. -Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 2012. -200 b.
LS Machinery Qindao Co. tomonidan import qilingan TTZ-100HC rusumli paxta traktorini qabul qilish sinovidan o'tkazilgan 8-2015-sonli bayonnomasi. Ltd" (XXR) 2014 yil 05-son (IS) shartnoma bo'yicha 08.04.2014 yil - Gulbahor: O'zGTITT, 2015. -120 b.