OʻTKIR HOSHIMOVNING “BAHOR QAYTMAYDI” VA CHINGIZ AYTMATOVNING “SARVQOMAT DILBARIM” QISSALARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • D.O. Xamidova Samarqand shahar 21-umumta‟lim maktabi oʻqituvchisi

Keywords:

qissa, qiyosiy tahlil, syujet, xarakter, rivoyat, davr, makon, fojia.

Abstract

Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini koʻrsatuvchi oʻta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sigmagan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Mumtoz adabiy durdonalarimizdan malumki, ijodkorlarning oʻzaro ijodiy tasirlanishi, sayyor syujet, rivoyatlardan foydalanishi badiiy adabiyotning takomillashuviga olib keladi. Ushbu hodisa XX asr ijodkorlarini ham chetlab oʻtmagan. Bir daryodan suv ichgan ikki xalq yozuvchilari Oʻtkir Hoshimov va Chingiz Aytmatovning ijod mahsullari nafaqat oʻz xalqi orasida, balki butun dunyoda sevib oʻqiladi. Mazkur ishimizda Bahor qaytmaydi hamda Sarvqomat dilbarim qissalarining ayrim oʻxshash tomonlarini qiyosladik. Syujet, kompozitsiya, xarakterlar, davr va makon oʻxshashligi shular jumlasidandir. Har ikki asar bosh qahramonlari xudbinliklari, oʻylamay ish tutishlari sababli taqdir sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtolmadilar. Sevikli yor, mehribon ota maqomiga erisha olmadilar. Biz maqolamizda buni batafsil yoritishga harakat qildik.

 

References

Normatov U., Nasrimiz ufqlari. -Toshkent, 1974.

Ulugʻov A., Zamonaviylik va xalqchillik. Qissachiligimiz qirralari, -Toshkent, 1991.

Xolmurodov A., Oʻzbek qissachiligi: taraqqiyot muammolari (XX asr soʻnggi choragi), f.f.d. dissertatsiyasi, -Toshkent, 2008.

Normatov U., Ijod sehri. -Toshkent, “Sharq”, 2007. B. 146.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. -Toshkent, “Sharq”, 2007. –B. 200-201.

Солиев А. Ҳаёт ва инсон талқини. – Тошкент:Турон замин зиё. 2015, 110-б.

Chingiz Aytmatov. Tanlangan asarlar:1-jild:Qissalar. -Toshkent, “Sharq”,2009.-496 b. 298-bet.

Oʻtkir Hoshimov “Bahor qaytmaydi”, -Toshkent, “Sharq”, 2007, -128 b.

Downloads

Published

2022-10-04