JAMIYATIMIZDAGI NOGIRONLIGI MAVJUD BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR VA BU SOHADAGI CHET EL TAJRIBASI

Authors

  • Adahambekov Qudratbek Avazbek o‘g‘li Andijon viloyati yuridik texnikumi bosqich talabasi

Keywords:

Shaxs, imkoniyat, sharoit, qonun, nogironligi bo‘lgan shaxs, xalqaro

Abstract

Ayni yillarda “Inson huquqlari” to‘g‘risida butun dunyoda bong urilayotgan bir vaqtda, mamlakatimizdagi turli soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib insonni ko‘zi quvnaydi, ammo bir jamiyat vakillariga bo‘layotgan e‘tibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar istalgan inson ko‘zini namlashi mumkin. Nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar uchun bugungi kunda mamlakatimizda lozim darajada shart-sharoitlar yaratilganmi?! Nega endi barcha sharoitlar faqat to‘rt muchasi sog‘ insonlar uchun bo‘lishi kerak. Xo‘sh, ko‘zi ojizlarning ko‘chalarda hech kimning yordamisiz harakatlanishiga, sayr qilishga haqlari yo‘qmi, yoki eshitish qobiliyati past insonlar bilan turli nohush hodisalar sodir etilishi yanada ko‘payishi kerakmi? Ushbu maqolada shu kabi jamiyatimizni qiynab kelayotgan vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz va muammolar yuzasidan o‘z takliflarimni berib o‘taman.

Downloads

Published

2024-03-25