AYOLLARDA UCHRAYDIGAN JINSIY KASALLIKLAR - TUXUMDON KISTALARI
Keywords:
kista, tuxumdon, bachadon, follikula, hujayra, spermatozoid, ovulyatsiya, follikulyar kista, hayz sikli, kompyuter tomografiya, laparoskopik.Abstract
Tuxumdon kistasi ayollardagi jinsiy xastaliklar orasida koʻp uchrashi jihatidan bachadon miomasidan keyingi oʻrinni egallaydi. Tuxumdon kistasi tuxumdon yuzasida hosil boʻluvchi hosila boʻlib, ichi suyuqlikka toʻla boʻladi. Odatda tuxumdon kistalari rivojlanayotgan follikuladan paydo boʻladi. Ushbu kista ayol sogʻligʻi uchun aytarli xavf tugʻdirmaydi. Shu bois davolanilmasa, bir nechta hayz siklidan soʻng oʻzi soʻrilib ketadi. Kamdan kam hollarda tuxumdon kistasi kistaning yorilishi yoki qon ketish bilan asoratlanadi. Ayrim hollarda kista oʻz “oyogʻi”da oʻralib qolishi, yondosh aʼzolarni bosishi mumkin. Bu hollarda shoshilinch jarrohlik yordami koʻrsatish kerak boʻladi. Tuxumdon kistasi oʻlchovlari bir necha sm.dan 15-20 sm.gacha boʻlishi mumkin.
References
Ayupova F.M, Y.K.Jabborova "Ginekologiya" darslik/.T.:Mexridaryo, 2008.
Ixtiyarova G. A., Matrizayeva G.J., Ismatova M.I.«Ginekologiyada hamshiralik ishi» O'quv qo'llanma. 2018
Ixtiyarova G. A., Ashurova N.G., Aslonova M.J. "Akusherlik va ginekologiya" O'quv qo'llanma. 2018
Ixtiyarova G. A., Negmatshaeva X.N,Shodieva X. T. "Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi" Darslik. 2018
Rahmatullayeva M.M. "Ginekologiyada qon ketishlar" Oquv qo'llanma. 2015