B1 DARAJADAGI O’RGANUVCHILAR UCHUN ESHITISH MAHORATINI SHAKLLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH USULLARI.
Keywords:
Ingliz tili, mahorat, baholash tizimi, B1, eshitish mahorati, yozish metodi, qaytarish metodi, pauza metodi, parafraza metodi, kalit so’zlar metodi.Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganuvchilar uchun qo’yilgan xalqaro talablar hamda ko’nikmalar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada xalqaro talab hisoblangan 4 ko’nikmalar haqida so’z yuritilgan bo’lib, ularning bilim darajasiga qarab baholanishi aks ettirilgan. Maqolada bilim darajasi B1 (intermediate) bo’lgan o’rganuvchilar uchun eshitish ko’nikmasini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi foydali metodlar hamda ularning amaliyotga qay yo’sinda joriy etish lozimligi haqida fikrlar qayd etilgan.