BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Obidova Xursanoy Andijon viloyati Asaka tumani 23-son umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Abstract

Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta‘lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma‘lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta‘lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an‘anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta‘lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta‘minlash rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga joriy etish, ta‘lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Barkamol avlodni tarbiyalash Ta‘lim to‘g‘risdagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dastirida Respublika ta‘lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma‘suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishiga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o‘ta ma‘suliyatli munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.

Downloads

Published

2024-01-15