MA’NAVIYATNING KAMOLOTI
Abstract
Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiylik: niyat-so’z-ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lo’g’atimizga kirib kelgan “Vijdon” so’zi bilan ifodalash mumkin. Yaxshi fikr deganda insonlarga mehribon bo’lish muhtoj va xavf-xatar ostida qolganga ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o’z maslahatdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musoffoligi tushuniladi.