CHIQINDI BILAN BOG’LIQ MUNOSABATLARNI XALQARO TARTIBGA SOLISH MASALALARI: XALQARO TALABLAR, MAJBURIYATLAR VA JAVOBGARLIK
Keywords:
Chiqindi tushunchasi, Bazel konvensiyasi, utilizatsiya, realizatsiya, noqonuniy savdo, transchegaraviy tashishlar.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda ekologiya sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan chiqindi bilan bog`liq munosabatlarni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, chiqindi bilan bog`liq munosabatlarga nisbatan qo`yilgan xalqaro talablar, davlatlarning majburiyatlari va javobgarlik masalalari ham bevosita yoritilgan. Ushbu asosiy normalar chiqindi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjat Bazel konvensiyasi qoidalari asosida tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, ushbu maqolada davlatlar o`rtasidagi transchegaraviy tashishlar bilan bog`liq bo`lgan asosiy normalar ham batafsil keltirib o`tilgan. Bundan tashqari, chiqindilar utilizatsiyasi va eksport-import qilish munosabatlarini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadigan ikki tomonlama va ko’p tomonlama kelishuvlar ham tahlil qilib o`tilgan. Chiqindi bilan bog`liq munosabatlarni xalqaro huquqiy tartibga solish bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalar Yaponiya va Xitoy davlatlari misolida o`rganilgan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, chiqindi bilan bog`liq bo`lgan xalqaro huquqiy tartibga solish mexanizmini yanada rivojlantirishga qaratilgan asosiy tavsiyalar ham keltirib o`tilgan.